Shkrinyar deyarli 2 yildan buyon gol urmayotgan edi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 50
"PSJ" himoyachisi Milan Shkrinyar nihoyat rasmiy o'yinda gol urdi. Slovakiyalik futbolchi 2022 yilning 9iyanvaridan buyon buni uddalay olmayotgandi – o'shanda u "Inter" tarkibida A Seriyada "Latsio"ga gol urgandi.
Eslatib o'tamiz, aynan shu daqiqalarda “San-Siro” arenasida kechayotgan “Milan” – “PSJ” uchrashuvida Shkrinyar 9-daqiqada hisobni ochgan edi. Biroq, uch daqiqa o'tib parijliklarning tezkor goliga Rafael Leau ham tezda javob qaytardi - 1:1.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!