"Milan" muxlislari Donnarumma ustidan pul sochishdi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 124
"Milan" muxlislari "PSJ" darvozaboni Janluiji Donnarummani salbiy tarzda kutib olishdi.
Chempionlar ligasi guruh bosqichining 4-turida “Milan” o'z maydonida “PSJ”ni qabul qilmoqda.
O'yin boshlanishidan oldin “Milan” muxlislari parijliklarning italiyalik darvozaboni Janluiji Donnarumma tomon qalbaki pul otishdi. Shu tariqa, "rossonerilar" muxlislari Janluidjining 2021 yilda erkin agent sifatida "Milan"dan "PSJ"ga ketishiga o'z munosabatini bildirishdi.
Xabar qilinishicha, muxlislar neapolliklar an'analarida “qadriyatsiz odam” degan ma'noni anglatuvchi 71 raqami tushirilgan ko'ylaklarni ham kiyishni rejalashtirishgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!