Anchelotti: «Vinisius muayyan vaziyatlarga munosabatini yaxshilashi kerak»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 33
Karlo Anchelotti Vinisius Juniorning xatti-harakati haqida gapirdi.
«Agar Puyol Vinisius bilan gaplashmoqchi bo'lsa, gaplashib olsin. U jamoaga o'z hissasini qo'shishda davom etmoqda.
Vini muayyan vaziyatlarga munosabatini yaxshilashi kerak, ammo u bu borada sezilarli yutuqlarga erishdi va yaxshilanishda davom etmoqda.
Biz undan, maydonda qilayotgan ishlaridan, ya'ni futbolni maza qilib o'ynashidan xursandmiz.
Oxirgi bir necha o'yinlarda u bir necha bor o'zini yo'qotdi, ammo so'nggi yillarda munosabati sezilarli darajada yaxshilandi», - dedi «Real» bosh murabbiyi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!