«Granada» Ispaniya kubogidan chetlashtirildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 42
«Granada» Ispaniya kubogidan chetlashtirildi.
Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasining tartib-intizom qo'mitasi klubga «Arosa» bilan bahsdan so'ng 0:3 hisobida texnik mag'lubiyat berishga qaror qildi.
O'yinning o'zi ham xuddi shunday hisobda «Granada»ning g'alabasi bilan yakunlangandi.
Hakamning shunday qarorga kelishiga 24 yoshli darvozabon Adrian Lopes Garrotning ushbu o'yinda «Granada» safiga kirgani sabab bo'ldi, reglamentga ko'ra, musobaqada ishtirok etuvchi o'rinbosar futbolchilar 23 yoshdan katta bo'lmasligi kerak.
Shu tariqa, «Granada» joriy Qirol kubogida o'ynashni to'xtatadi va klub 6001 evro jarimaga tortiladi. «Arosa» turnirning keyingi bosqichiga yo'l oldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!