Zaxaryan basklar muhitiga moslashib bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 36
«Real Sosedad» matbuot kotibi Ander Munduate rossiyalik yarim himoyachi Arsen Zaxaryanning klubga moslashishi haqidagi savolga javob berdi.
20 yoshli rossiyalik yozgi transfer oynasida 13 million evro evaziga «Real Sosedad»ga o'tgandi. Yarim himoyachi joriy mavsumda ispan klubi safida 8 ta o'yinda maydonga tushdi va unchalik yaxshi samarali harakat qila olmadi.
«Arsen allaqachon moslashib bo'lgan. U jamoada yaxshi ishlamoqda va hamma narsani tushunadi. Madaniyat va mentalitetga kelsak, Zaxaryan bunga ham o'rganib qolgan. U basklar mamlakatini yaxshi ko'radi», - deya Munduatening so'zlarini keltiradi Sport24.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!