Kosovo-Isroil o'yini muxlislarsiz o'tkazilishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 22
Evro-2024 saralashi doirasidagi Kosovo va Isroil o'rtasidagi o'yin xavfsizlik nuqtai nazaridan "yopiq eshiklar ortida" o'tishi mumkin, deya xabar bermoqda "Sport Ekspress" nashri.
O'yin 12 noyabr, yakshanba kuni Prishtina (Kosovo) shahrida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Mahalliy futbol federatsiyasi hali chiptalarni sotishni boshlamagan.
Yakuniy qaror bugun Kosovo futbol federatsiyasi vakillari va mahalliy xavfsizlik tuzilmalari o'rtasidagi uchrashuvda qabul qilinishi kerak. Kosovo-Isroil o'yini 15 oktyabr kuni bo'lib o'tishi kerak edi, o'yin Isroil va Falastin o'rtasidagi ziddiyat tufayli 12 noyabrga ko'chirildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!