«Tottenxem» hujumchisi tez orada operatsiya qilinadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 36
«Tottenxem» hujumchisi Risharlison tez orada operatsiya qilinishini aytdi.
Dushanba oqshomida «Chelsi»ga qarshi o'yinda (1:4) braziliyalik futbolchi Anje Postekoglu tomonidan zaxira o'rindig'ida qoldirildi.
«Albatta, men bugun o'ynashni kutgandim, chunki bu muhim o'yin, klasiko edi. Biroq kecha maydonga tushmasligimni bildim, lekin bu futbolning bir qismi.
So'nggi oylar men uchun oson bo'lmadi. Sog'ligim bilan og'rindim, o'ylaymanki, shifokorlar bilan gaplashib bo'lganman va tez orada qorin bo'shlig'ida jarrohlik amaliyotini o'tkazaman», – dedi futbolchi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!