Mxitaryan Lucheskuning faoliyatini tugatganligi haqidagi qaroriga munosabat bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 26
Milanning "Inter" klubi va Armaniston terma jamoasi yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan ruminiyalik mutaxassis Mircha Lucheskuning murabbiylik faoliyatini yakunlash haqidagi qaroriga munosabat bildirdi.
"Sizga chuqur minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Janob, mening iqtidorimga ishonganingiz uchun rahmat. Ishonchingiz uchun rahmat, siz meni ilhomlantirdingiz va faoliyatimga katta ta'sir o'tkazdingiz. Siz men uchun shunchaki murabbiy emassiz. Sizga eng yaxshi tilaklarimni tilayman", — deyiladi armaniyalik yarim himoyachining ijtimoiy tarmoqlardagi xabarida.
Eslatib o'tamiz, Mxitaryan Ukrainaning "Shaxtyor" klubida Luchesku qo'l ostida o'ynagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!