Ten Xag: "Biz kubokni qo'lga kiritdik, ammo oldimizga yanada yuqoriroq maqsadlar qo'yganmiz"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 42
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag o'tgan mavsumda Liga kubogida g'alaba qozongan jamoasiga hurmat bajo keltirdi. Shu bilan birga, niderlandiyalik mutaxassis o'z futbolchilarini yanada nufuzli sovrinlar uchun kurashishga chaqirdi.
"Hamma futbolchi va murabbiylar sovrin yutishning uddasidan chiqavermaydi. Agar siz kubokni qo'lga kiritsangiz, nishonlashingiz kerak. O'tgan mavsumda biz buni uddaladik, ammo bu "Manchester Yunayted" uchun etarli bo'lmadi. Bizning oldimizga yanada yuqoriroq maqsadlar qo'yilgan", - dedi Ten Xag Center Devils bilan suhbatda.
Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted" Angliya Premer-ligasida 8-o'rinda bormoqda. Jamoa chempionatning 11 uchrashuvida 5 ta mag'lubiyatga uchragan.