"Rayo Valekano" ustozi: "Vinisius va Kamavingani yaxshi nazorat qildik"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 24
“Rayo Valekano” ustozi “Real” bilan safardagi durangdan (0:0) juda mamnun.
– “Rayo”ning “Santyago Bernabeu”dagi 23 yildagi ilk ochkosi haqida qanday fikrdasiz? (2000 yilning martida ham jamoalar 0:0 hisobida durang o'ynashgan)
- Bu erda ochko olish uchun ko'p azob chekish kerak. Biz hisobni saqlab qoldik. Jamoa juda yaxshi edi va men uyga xursand bo'lib ketyapman.
Biz Vinisius va Kamavingani yaxshi nazorat qildik. Maydonning qarama-qarshi yarmida to'p bilan yaxshi harakatlana olmadik.
O'yin oxirida juda charchagan edik”, - deydi “Rayo” ustozi Frantsisko Xaver Rodriges.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!