Pochettino: "Futbolda ertaga nima bo'lishini hech qachon bilolmaysiz"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 19
Londonning “Chelsi” klubi boshqaruvchisi Maurisio Pochettino Angliya Premer-ligasining 11-turida “Tottenxem”ga qarshi uchrashuv arafasida o'z kelajagi haqida gapirdi.
“Futbolda ertaga nima bo'lishini hech qachon bilmaysiz. Hozir men bugun uchun yashayman va uzoqni o'ylamaslikka harakat qilaman. Ammo umid qilamanki, “Chelsi”da o'lgunimcha qolaman”, — dedi argentinalik murabbiy.
Bugun, 6 noyabr kuni “Tottenxem” – “Chelsi” o'yini o'tadi, start hushtagi Toshkent vaqti bilan soat 01:00da yangraydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!