RPL. TsSKA-"Pari NN" 3:2. Fayzullaevdan ikkita assist, Yo'ldoshevdan avtogol
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 24
Rossiya Premer-ligasining 14-turida TsSKA o'z maydonida "Nijniy Novgorod" jamoasini qabul qildi.
Ushbu bellashuvda Abbos Fayzullaev asosiy tarkibda maydonga tushgan bo'ldi, "Pari NN" jamoasi himoyachisi Ibroximhalil Yo'ldoshev 28-daqiqada zaxiradan o'yinga qo'shildi.
Bellashuvda Abbos Fayzullaev jamoasining ikkita goliga assistentlik qilgan bo'lsa, Yo'ldoshev kutilmaganda o'z darvozasini ishg'ol etib qo'ydi.
TsSKA – "Pari NN" 3:2
5 noyabr, 18.30, «VEB Arena»
Gollar: 0:1 – 33 Stotskiy, 1:1 – 37 Chalov, 1:2 – 40 Aleksandrov, 2:2 – 71, avtogol Yuldoshev, 3:2 – 73 Davila.
TsSKA – Akinfeev, Xelven (Davila, 68), Moyzes, Villian Rosha, Zdelar, Gayich, Oblyakov, Mendes (Nababkin, 68), Fayzullaev, Zabolotniiy, Chalov.
"Pari NN" – Nigmatullin, Stotskiy, Gotsuk, Kakkoev (Tolstopyatov, 69), Aleksandrov, Stamatov (Yo'ldoshev, 28), Kalinskiy, Troshechkin (Jigulev, 69), Ededem (Kutateladze, 82), Boselli, Ze Turbo (Sevikyan, 82).
Ogohlantirishlar: Zdelar (30), Moyzes (44), Troshechkin (45), Kakkoev (45), Villian Rosha (65), Davila (74), Tolstopyatov (75).