Messi: "Barselona" va Argentina terma jamoasi safida eng muhim sovrinlarni qo'lga kiritdim"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 18
Lionel Messining aytishicha, u uchun "Oltin to'p"dan ko'ra jamoaviy sovrinlar muhimroq.
- Hayotingizda va faoliyatingizda "Oltin to'p" siz uchun nimani anglatadi?
- Albatta, "Oltin to'p" ma'nosi va obro'si bilan juda yaxshi sovrin. Lekin har doim aytganman, men uchun eng muhimi bu jamoaviy sovrinlar.
Menga "Barselona" va keyin Argentina bilan mumkin bo'lgan barcha sovrinlarni yutish baxtiga muyassar bo'ldim va bu men uchun eng muhimi.
Faoliyatimni Evropadagi barcha sovrinlar bilan yakunlash men uchun aql bovar qilmaydigan narsa. Har qanday holatda ham, "Oltin to'p" - bu juda o'ziga xos va ajoyib mukofot" - dedi "Inter Mayami" hujumchisi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!