«Real» vingeri yanvardayoq Londonga yo'l olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 140
Madridning «Real» klubi vingeri Braim Dias Angliya premer-ligasida o'ynash imkoniyatiga ega. Bu haqda Todofichajes jurnalistlari xabar bermoqda.
24 yoshli ispaniyalik yarim himoyachining transferiga Londonning «Vest Xem» klubi qiziqmoqda. «Bolg'achilar» yanvar oyidagi transfer oynasida o'yinchini o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Braimning transfer narxi 20 million evroga baholanmoqda va uning «Real» bilan shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Dias sakkizta o'yinda ishtirok etdi. Yarim himoyachi bitta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!