«Marsel» arablarga sotilishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 41
«Marsel» juda og'ir mavsumni boshdan kechirmoqda, murabbiylar o'zgarishi va o'tgan turdagi janjal, uning oqibatida esa bir guruh klub muxlislari «Lion» avtobusiga tosh otishdi.
Hozir Frantsiyaning Canal+ telekanali xabariga ko'ra, «Marsel»ning amaldagi egasi Frenk Makkurt klubni arab fondiga sotishi mumkin.
Bu bo'yicha muzokaralar qizg'in davom etmoqda. U 2016 yilda «Marsel»ni sotib olgan, biroq amerikalik tadbirkor notinch biznesdan to'ygan va undan qutulmoqchi. Ehtimoliy mablag' ham ma'lum - 400 million evro.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!