«Liverpul» etakchisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 35
«Liverpul» rahbariyati himoyachi Trent Aleksandr-Arnold bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni boshladi.
Bu haqda insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berdi.
Futbolchi va mersisaydliklar o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2025 yilning yozida yakuniga etadi. Aleksandr-Arnold - «qizillar» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Angliya chempionatining joriy mavsumida 25 yoshli himoyachi sakkizta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!