«Sporting» xavbeki London klubida o'ynashi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 26
Lissabonning «Sporting» klubi yarim himoyachisi Geni Katamo Angliya premer-ligasining top-klubida o'ynash imkoniyatiga ega. Bu haqda Football Transfers xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 22 yoshli afrikalik futbolchining xizmatlariga Londonning «Arsenal» klubi qiziqish bildirmoqda.
Katamoning transfer narxi 1,5 million evroga baholanmoqda. Yarim himoyachining portugallar bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2025 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
Angliya chempionatining so'nggi o'yinida «kanonirlar» «Nyukasl»dan minimal 0:1 hisobida mag'lub bo'lishdi.
Premer-liganing 11-turidan so'ng Mikel Arteta shogirdlari 24 ochko jamg'arib, turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!