Zinchenko APLda to'qnash kelgan eng qiyin raqibi kim ekanligini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 29
Londonning “Arsenal” klubi himoyachisi Aleksandr Zinchenko Angliya chempionatida duch kelgan eng qiyin raqib nomini aytdi.
"Men Salohni aytaman. Tezlik, kuch, portlovchi o'yinchi, u juda xavfli", - deya Aleksandrning so'zlarini keltiradi ua.tribuna.com.
Zinchenko 2022 yildan buyon London jamoasida o'ynab kelmoqda. Ukrainalik futbolchi “kanonirlar” safida 41 ta o'yin o'tkazib, bitta gol va ikkita golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!