Messi uchun Bellingem eng yaxshi yosh futbolchi emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 46
Insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlari orqali argentinalik Lionel Messi yilning eng yaxshi yosh futbolchisini tanlashda qanday ovoz bergani haqida xabar berdi.
36 yoshli forvard “Bavariya” vingeri Jamol Musialani birinchi o'ringa qo'ydi. Ikkinchi o'rinni “Barselona” yarim himoyachisi Pedri egallagan bo'lsa, kuchli uchlikni esa nufuzli sovrinni qo'lga kiritgan “Real” yarim himoyachisi Jud Bellingem yakunladi.
Eslatib o'tamiz, Bellingem o'tgan yozda Dortmundning "Borussiya"sidan 103 million evro evaziga "Real"ga o'tgan edi. Joriy mavsumda 20 yoshli angliyalik futbolchi “Los-Blankos” safida 13 ta o'yin o'tkazib, 13 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!