Pochettino: "Tottenxem" APLni yutishi mumkinligini his qilyapman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 22
"Chelsi" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino "Tottenxem"ning joriy mavsumdagi muvaffaqiyatini yuqori baholadi.
Ange Postekoglu jamoasi APL turnir jadvalida o'n turdan so'ng “Manchester Siti” va “Arsenal”dan ikki ochko oldinga chiqib olib, birinchi o'rinda bormoqda.
“Men “Tottenxem” haqiqatan ham ligani yutishi mumkinligini his qilyapman. Klub ajoyib ish qilyapti", - deya «shporlar»ning sobiq bosh murabbiyi Pochettinoning so'zlarini keltirgan Football Talk.
"Chelsi" hozirda u qadar muvaffaqiyatli o'ynamayapti: jamoa Premer-ligada 12 ochko bilan 11-o'rinni egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!