OChL. OFK «Sepahon»ni jiddiy jazoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 32
"Sepahon"-"Al Ittihad" o'yini bo'yicha OFK Intizom qo'mitasining yig'ilishi bo'lib o'tgan.
Tasdiqlanmagan dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, o'yinning bekor qilinishida "Sepahon" klubi aybdor deb topilgan va shu sababdan klubga nisbatan quyidagi choralar ko'riladi:
- 0:3 hisobidagi texnik mag'lubiyat;
- 200 ming AQSh dollari jarima;
- OChL doirasidagi 3 ta o'yin - klubning uy stadioni "Naqshi Jahon"da o'tkazilmaydi.
Ushbu qaror rasman o'z tasdig'ini topgan taqdirda, "Sepahon" klubi Shveytsariyaning Lozanna shahridagi Sport arbitraj sudiga apellyatsiya bilan murojaat qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!