«Inter» Lautaroni so'nggi daqiqalarda «ilib ketgan»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 63
«Inter» direktori Perro Ausilio 2018 yilgi transfer dostoni haqida gapirdi.
O'shanda so'nggi daqiqada «neradzurrilar» «Atletiko Madrid»dan «Racing» hujumchisi Lautaro Martinesni ushlab qolishga muvaffaq bo'lishdi.
«Habar berishim mumkinki, Lautaro 2018 yilda «Atletiko Madrid»ning yangi o'yinchisi bo'lishga hozir bo'lgandi.
«Racing» va Atletiko o'rtasida yakuniy kelishuv uchun faqat bitta kichik nuqta etishmadi. O'shanda argentinalik afsonalarimiz Zanetti va Milito muzokaralarda bizga yordam berishdi...
Argentinaga uchib ketdim va kelishuvni birga ishlab chiqdik», - deya Ausilioning so'zlarini keltirdi jurnalist Fabritsio Romano.
Martinesning transferi «Inter»ga 25 million evroga tushgan. «Milan» jamoasi bilan forvard beshta sovrinni qo'lga kiritdi: Skudetto, shuningdek, ikkita kubok va ikkita Italiya Superkubogi.