Qatarda OFKning yil yakunlariga bag'ishlangan marosimlar bo'lib o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 22
Qatarda Osiyo futbol konfederatsiyasining yil yakunlariga bag'ishlangan marosimlar bo'lib o'tdi.
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi OFK murabbiylik konventsiyasining Pro darajasi va OFK Elite Youth dasturining 3 yulduzli darajasi bilan taqdirlandi.
OFK Elite Youth 3 yulduzli darajasi keng doiradagi xizmatlar, yuqori darajadagi infratuzilma hamda muvaffaqiyatli natijalar uchun taqdim etiladi.
Shuningdek, O'zbekistonda murabbiylar uchun OFKning Pro litsenziyalarini taqdim etuvchi o'quv-kurslarini davom ettirishga imkon beradigan maxsus diplom topshirildi. Diplomlarni OFK rahbari Shayx Salmon bin Ibrohim Al Halifadan O'FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov qabul qilib oldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!