Vinisius Junior xayriya uchun mukofot oladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 44
Vinisius Junior xayriya uchun mukofot oladi.
The Athletic xabariga ko'ra, «Real Madrid» vingeri insonparvarlik ishlari uchun Sokrates mukofotini oladi. Bu bugungi «Oltin to'p»ni topshirish marosimida sodir bo'ladi.
Marosimda Vinisius 2022 yil 29 dekabrda vafot etgan Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Pelega hurmat bajo keltirishi kutilmoqda.
«Real Madrid» futbolchisi kambag'al talabalar uchun ta'lim dasturi Vini Jr institutining asoschisi hisoblanadi.
2022 yilda Vinisiusning sarmoyasi 335 ming evroni tashkil etgan bo'lsa, 2023 yilda u 1 million evrodan oshdi, 2024 yilda esa 2,5 million evroga etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!