Musiala uchun "Liverpul" va "Manchester Siti" o'rtasida ayovsiz kurash bo'ladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 21
"Bavariya" hujumchisi Jamol Musiala faoliyatini Tumanli Albionda davom ettirish uchun ikkita ajoyib variantga ega.
Football Insider nashri xabariga ko'ra, 20 yoshli germaniyalik futbolchining xizmatlariga Angliya Premer-ligasining grandlari qiziqish bildirmoqda. Gap "Manchester Siti" va "Liverpul" klublari haqida ketmoqda. Har ikki klub Jamolning o'yinlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda va u bilan muzokara boshlashga tayyor.
Musialaning Myunxen klubi bilan shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga etadi. Futbolchining transfer qiymati 110 million evroga baholanmoqda.
Bundesliganing joriy mavsumida forvard oltita uchrashuvda ikkita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!