Abbos Fayzullaev assistni amalga oshirgan o'yinda TsSKA g'alaba qozondi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 17
TsSKA yarim himoyachisi Abbos Fayzullaev Rossiya chempionatining 13-turi doirasida bo'lib o'tgan "Krasnodar"ga qarshi o'yinda (1:0) jamoasining g'alabasiga muhim hissa qo'shdi. U qanotda bir himoyachini aldab o'tib, jarima maydoniga uzatma berdi. Fyodor Chalov esa bir himoyachini chalg'itib, kuchli zarba bilan darvozani ishg'ol qildi.
O'zbekistonlik futbolchi o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
— TsSKA bugun nimaning evaziga "Krasnodar"ni mag'lub etdi?
— O'ylashimcha, jamoaviy ruh evaziga. Muxlislarni quvontirish uchun oxirigacha o'ynadik. Buni uddaladik.
— O'yinning oxirgi qismi qanchalik og'ir bo'ldi?
— So'nggi daqiqalar hamisha og'ir bo'ladi, raqib xavfli vaziyatlar yuzaga keltiradi, ammo barcha futbolchilar bor kuchi bilan harakat qildi. Ularga rahmat. Biz har bir o'yinda g'alaba uchun harakat qilamiz. Bugun liderni mag'lub etdik. Bu esa bizga ishonch beradi.