Baqoev: «Vaziyatlardan foydalanishda mahorat etishmadi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 34
Superliga 23-turidan o'rin olgan «Buxoro» – «Paxtakor» (0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«Qiziqarli uchrashuv bo'ldi, g'alaba uchun kurashdik. Futbolchilarga e'tirozim yo'q. Gol kiritishga intildik, ammo vaziyatlardan foydalanishda mahorat etishmadi.
Albatta, imkoniyatimiz hali bor. Ammo futbolchilarimiz bu o'yinda rosa mehnat qilishgandi. Bir hafta mobaynida ushbu uchrashuvga tayyorlanishgandi. Biroq oxirida bir epizod barcha rejalarimizni buzdi», – dedi Baqoev.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!