Futzal. AGMK bronza medalini qo'ldan chiqardi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 407
Tailandda bo'lib o'tayotgan futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatining 3-o'rin uchun bahsi bo'lib o'tdi. Unda O'zbekistonning AGMK va Vetnamning "Tay Son Nam" klublari maydonchaga chiqishdi.
Aleksandr Petrov shogirdlari birinchi bo'limni yuqori tempda o'tkazib, tanaffusga qadar 3:1 hisobida oldinga chiqib olishdi.
Vakillarimiz ikkinchi bo'limda ham vaziyatni nazorat qilishayotgan edi, ammo kutilmagan avtogol hisobning qisqarishiga olib keldi. Bundan ruhlangan vetnamliklar yana ikkita gol urib, oldinga o'tib olishdi — 3:4.
O'yin tugashiga 6 daqiqa qolganida AGMK qiyinchilik bilan hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'ldi. Oradan ko'p o'tmasdan "Tay Son Nam"ning yaponiyalik legioneri Kazuya Shimitsu Rustam Umarov qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol qildi.
Bahsning so'nggi daqiqalarida Petrov maydonda o'ynovchi-darvozabonni tushirdi. O'yin tugashiga 4 soniya qolganida yasha Shimitsu olmaliqliklar darvozasiga zabt etib, o'yinga nuqta qo'ydi.
Shu tariqa, AGMK Osiyo chempionatining bronza medalini qo'lga kiritishi mumkin bo'lgan o'yinda imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Futzal. Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati, 3-o'rin uchun o'yin
AGMK (O'zbekiston) - "Tay Son Nam" (Vetnam) 4:6 (3:1)
Gollar: Usmonov (1), Odilov (2), Ropiev (6), Choriev (34) — Shimitsu (5, 37, 40), Hamroev (24-avtogol), Pxi (27), Xoy (28)
AGMK: 1.Rustam Umarov (sardor), 2.Abbosbek O'lmasbekov (darvozabon), 3.Mashrab Odilov, 10.Akbar Usmonov, 12.Davron Choriev, 14.Anasxon Rahmatov, 4.Ixtiyor Ropiev, 5.Ilhomjon Hamroev, 7.Dilshod Rahmatov, 8.Davron Valijonov, 11.Temur Berdiev.
"Tay Son Nam": 1.Xo Van (darvozabon), 2.Nguyen Van Xuy (darvozabon), 3.Li Kuok Nam, 4.Pxat, 5.Alireza, 6.Xoa, 7.Nguyen Duy, 8.Nguyen Tri, 9.Tran Tay Xuy, 10.Tung, 11.Tran van Vu, 12.Shimizu, 13.Dung, 14.Ton Pxi.