Kroos faoliyatini Angliyada yakunlashi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 37
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Toni Kroos faoliyatini Angliyada yakunlashi mumkin.
Nemis futbolchisi faoliyatini "Real Madrid"da yakunlash niyati haqida bir necha bor aytganiga qaramay, mish-mishlar uni Angliya Premer-ligasi klublaridan biriga o'tishi mumkinligi bilan bog'lashmoqda. Daily Star xabariga ko'ra, amaldagi shartnomasi mavsum oxirida tugaydigan Kroosning xizmatlari APL gigantlariga taklif qilinishi mumkin. "Chelsi", "Manchester Yunayted", "Manchester Siti" va "Nyukasl" allaqachon vaziyatni kuzatib borishmoqda.
Qayd etilishicha, yarim himoyachi «Real»ning asosiy tarkibidagi doimiy o'rnini yo'qotganidan norozi, shu bois u ketishga qaror qilishi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!