Valverde: «Barselona» Messisiz ham g'alaba qozona olishi kerak»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 404
«Barselona» bosh murabbiyi Ernesto Valverde Bilbaoning «Atletik» klubiga qarshi bo'lib o'tgan o'yin (0:1) borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Birinchi bo'limda yaxshi o'yin namoyish qilmadik. Ha, golli vaziyatlar yaratdik, ammo o'yinni to'liq nazorat qila olmadik. Ikkinchi bo'limda raqib o'z darvozasiga oldiga yotib oldi.
Lionel Messi bizga yordam berishiga o'rganib qolganmiz, ammo «Barselona» usiz ham g'alaba qozonishni bilishi kerak. Uning yo'qligida ham yaxshi o'yinlarni o'tkazdik», – dedi Valverde.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!