«Barselona» so'nggi 11 yilda ilk marta mavsumni mag'lubiyat bilan boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 357
Ispaniya chempionatining 1-turi doirasida "Barselona" safarda "Atletik"ga qarshi bahs olib borib, imkoniyatni boy berdi.
Kataloniyaliklar 2008/09 yilgi mavsumdan buyon mavsumning dastlabki o'yinida mag'lub bo'lmay kelishayotgan edi. O'shanda Xosep Gvardiola shogirdlari safarda «Numansiya»ga kichik hisobda yutqazgan edi.
«Atletik» esa Primera doirasida so'nggi marta 2013 yilda «Barselona»ni mag'lub etgan edi (1:0).
Basklar keyingi turni «Xetafe»ga qarshi o'tkazishsa, «Barselona» 2-turda «Betis»ni qabul qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!