APL klubi posboni safdan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 24
«Bornmut» bosh murabbiyi Andoni Iraolaning aytishicha, darvozabon Neto shu hafta mashg'ulotlarda to'pig'idan jarohat olgan.
Klub matbuot xizmati xabariga ko'ra, «giloslar» sardori hech bo'lmaganda noyabr oyi oxirigacha – terma jamoa o'yinlari uchun yuzaga kelgan tanaffusga qadar safdan chiqadi.
Shanba kuni bo'lib o'tadigan Angliya chempionati doirasida «Byornli»ga qarshi o'yinda Ionut Radu «Bornmut» darvozasidan joy oladi, buni jamoa bosh murabbiyi tasdiqladi.
«Bornmut» ayni damda Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. Oxirgi to'qqiz turda jamoa uch marta durang o'ynadi va olti marta mag'lub bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!