APL klubi bosh murabbiyini iste'foga chiqarmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 35
Angliyaning "Bornmut" klubi mavsum boshlanishidan oldin jamoa boshqaruviga tayinlangan bosh murabbiyi Andoni Iraolani iste'foga chiqarishga tayyor. Mail Sport xabariga ko'ra, "giloslar" rahbariyati qoniqarsiz natijalar tufayli o'z murabbiyi bilan xayrlashmoqchi.
Mumkin bo'lgan chetlatish sababi - "Bornmut"ning chempionatdagi yomon o'yini. Jamoa ayni damda Angliya Premer-ligasida so'nggi o'rinni egallab turibdi. "Bornmut" - bu mavsumda hali birorta ham g'alaba qozonmagan Premer-liganing ikkita klubidan biri. To'qqiz turda jamoa olti marta mag'lubiyat alamini totib ko'rdi va uch marta durang o'ynadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!