«Barselona»ga qarshi bahs oldidan «Shaxtyor»da murabbiy muammosi bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 25
O'tgan haftada «Shaxtyor» Patrik van Liven jamoa bosh murabbiyligidan iste'foga chiqqanini e'lon qildi. Donetsk klubida sport direktori bo'lib ishlayotgan Dario Srna klubning vaqtinchalik bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi bo'ldi.
Xorvatiyalik murabbiy qo'l ostida jamoa Ukraina chempionatida LNZni 3:0 hisobida mag'lub etishdi.
Nufuzli jurnalist Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, «Shaxtyor» endi yangi murabbiy ustida ishlamoqda. Yaqin 24-48 soat ichida qaror qabul qilinadi.
25-oktyabr, chorshanba kuni «Shaxtyor» Ispaniyada «Barselona»ga qarshi bahs olib boradi. Jamoalar Chempionlar ligasi guruh bosqichining 3-turida to'qnash kelishadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!