Romano: "Osimxenning "Liverpul"ga o'tishi haqidagi mish-mishlar haqiqatga to'g'ri kelmaydi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 24
Italiyalik insayder Fabritsio Romano "Napoli" hujumchisi Viktor Osimhenning "Liverpul"ga o'tishi haqidagi mish-mishlarni inkor qildi.
"Osimxen o'z kelajagi haqida o'ylashda davom etmoqda, ammo ayni damda aytishim mumkinki, uning "Liverpul"ga o'tishi haqidagi mish-mishlar haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Tabiiyki, "Liverpul" ham boshqa top-klublar singari Evropaning eng yaxshi hujumchilaridan birini diqqat bilan kuzatib bormoqda", - deydi Romano.
Eslatib o'tamiz, Osimxenning "Napoli" rahbariyati bilan munosabatlari yomonlashgan, shu sababli futbolchi 2025 yilning yozida tugaydigan shartnomasini uzaytirish haqidagi fikrini o'zgartirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!