Messi qishki ijara variantini ko'rib chiqmagan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 48
Yaqinda Lionel Messi qishki transfer oynasida “Inter Mayami”ni tark etmasligini aytdi. Avvalroq, argentinalik yulduzning qisqa muddatli ijara asosida boshqa klubga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Nufuzli insayder Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, Messi ehtimoliy ijara haqida xayoliga ham keltirmagan.
“Leo Messi “Barselona” bilan aloqasi borligiga qaramay, fevral oyi oxirigacha ijara haqida o'ylamagan”, — deb yozadi Romano.
Eslatib o'tamiz, "Inter Mayami" uchun mavsum allaqachon yakunlangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!