Ikki klub Mourinoga yiliga 50 million evro to'lashga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 70
Joze Mourino faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettirishga qiziqmoqda.
Manbaga ko'ra, portugaliyalik mutaxassisda Yaqin Sharqda ishga joylashish uchun ikkita variant bor. “Al-Ahli” va “Al-Ittihod” unga ish taklif qilishga tayyor. Har ikki klub mutaxassisga yiliga 50 million evro to'lashi mumkin. Bunday maosh Mourinoni taklifni qabul qilishga ko'ndira oladi.
Hozirda Joze Italiyaning “Roma” klubi bosh murabbiyi lavozimini egallab turibdi. Mutaxassis va Rim klubi o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi muddati kelasi yilning o'rtalarigacha hisoblangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!