"Inter Mayami" futbolchisi Messining imtiyozlari haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 48
"Inter Mayami" klubida o'ynayotgan yarim himoyachi Edison Azkona o'zining yulduz jamoadoshi Lionel Messi haqida gapirdi.
"Hamma tushunib turibdiki, mashg'ulotlarda hech kim Lionelga nisbatan qo'pollik qilmasligi kerak. Biz undan himoyalanishga harakat qilamiz, lekin buni ehtiyotkorlik bilan qilamiz. Jamoada hech kim unga maydonda qo'pol munosabatda bo'lmaydi", - deya futbolchining so'zlarini keltiradi.
Messi yozgi transfer oynasida erkin agent sifatida “Inter Mayami”ga o'tdi. 36 yoshli argentinalik hujumchi Amerika klubi bilan 2025 yil oxirigacha mo'ljallangan mehnat shartnomasini tuzdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!