"Real Sosedad" prezidenti: "Kuboning transfer huquqlari 100 foiz bizga tegishli"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 28
"Real Sosedad" prezidenti joriy mavsumda La Ligada o'zini ko'rsatayotgan Takefusa Kubo haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"Biz Kuboning 100% huquqlariga egamiz va agar u rozi bo'lsa, uning shartnomasini uzaytirmoqchimiz. Agar u sotilsa, "Real Madrid" transfer summasining 50 foizini oladi. 30 million evro? Uning shartnomasida qat'iy sotish miqdori yo'q", - dedi funktsioner.
Avvalroq madridliklar uni yozda 30 million evroga jamoaga qaytarishi mumkinligi haqida xabarlar chiqqan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!