Kichik Ronaldu "An-Nasr" yoshlari safida debyut qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 56
41Juma kuni kichik Krishtianu Ronaldu 15 yoshgacha bo'lgan toifadagi "An-Nasr" akademiyasi jamoasida o'ynadi. Tegishli suratlar Saudiya klubi matbuot xizmati tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda chop etildi.
Aytish joizki, kichik Ronaldu ettinchi raqam ostida o'ynadi. Xabaringiz bor, yulduz Krishtianu deyarli butun faoliyati davomida bu raqamni kiyib kelgan.
Eslatib o'tamiz, Krishtianu Ronalduning o'g'li 13 yoshda.
Ronaldu yil boshidan buyon “An-Nasr”da o'ynamoqda. Saudiya klubi safida 30 ta rasmiy o'yinda portugaliyalik futbolchi 25 ta gol urdi va sheriklariga 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!