"Borussiya D" futbolchisi o'ziga xos natija qayd etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 63
Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Yulian Brandt Germaniya chempionatidagi 300-uchrashuvini o'tkazadi.
27 yoshli futbolchi bugun "Verder"ga qarshi sakkizinchi tur o'yinida "asalarilar"ning asosiy tarkibidan joy oldi. Opta xabariga ko'ra, bu o'yin Brandt uchun Bundesligadagi 300-o'yin bo'lib, dortmundlik yarim himoyachi bu ko'rsatkichga erishgan uchinchi eng yosh futbolchiga aylandi (27 yoshu 171 kun). Rekord Eyke Immelga tegishli (27 yoshu 116 kun), reytingda ikkinchi o'rinni Karl-Xaynts Korbel (27 yoshu 119 kun) egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!