"Yuventus"ga qarshi "Milan"ning 40 yoshli darvozaboni maydonga tushishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 26
"Milan" darvozaboni Marko Sportello jarohat oldi, deya xabar bermoqda Sky Sport Italia nashri.
Uning chap boldir suyagining medial qismi shikastlangani aytilmoqda. U 10 kundan ortiq vaqtni o'tkazib yuboradi. "Milan" Sportellodan tashqari, "Yuventus" bilan A Seriyaning 9-tur uchrashuvi uchun ushbu o'yin uchun diskvalifikatsiya qilingan asosiy darvozaboni Mayk Menyanni ham yo'qotdi.
Shu tariqa, "Milan"ning uchinchi darvozaboni hisoblangan 40 yoshli Antonio Mirante darvozada tursa kerak. U joriy mavsumda birorta ham o'yin o'tkazmagan.
"Milan" - "Yuventus" o'yini 22 oktyabr, yakshanba kuni bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!