"Real" ham "Manchester Siti" hujumchisi uchun kurashga qo'shiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 53
Yaqin kelajakda hujumchi Xulian Alvares "Manchester Siti"ni Ispaniya La Ligasining gigantlaridan biriga o'zgartirishi mumkin.
Radio Continental xabariga ko'ra, 23 yoshli argentinalik futbolchi "Real" va "Barselona"ning nishonida. Aytilishicha, Alvaresning atrofidagilar futbolchining Ispaniyaga o'tishi mumkinligini aniq aytishgan.
2023/2024 yilgi mavsumda Xulian Alvares 13 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va sheriklariga 5 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt portali futbolchini 80 million evroga baholamoqda.
Eslatib o'tamiz, 2022 yilda Xulian Alvares Argentina terma jamoasi tarkibida jahon chempioniga aylangandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!