«Inter» bosh direktori: «Hozir Lukakuni klubda hech kim eslamaydi ham»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 35
Milanning «Inter» klubi bosh direktori Juzeppe Marotta ayni damda «Roma»da ijara asosida to'p tepayotgan belgiyalik markaziy hujumchi Romelu Lukaku haqida gapirdi.
«Romelu allaqachon bizning o'tmishimiz. U oldin biz bilan edi, lekin bu vaqtlar o'tdi. Hozir uni klubda hech kim o'ylamaydi va eslamaydi», - dedi Marotta.
Umuman olganda, Romelu milanliklar safida uch mavsum o'tkazdi. Italiya chempionatining o'tgan mavsumida 30 yoshli belgiyalik «neradzurrilar» safida 25 ta o'yin o'tkazib, o'nta gol (2 tasi penaltidan) va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!