Ernandes Liga 1ga qaytishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 52
«Milan» qanot himoyachisi va Frantsiya terma jamoasi a'zosi Teo Ernandes Italiyani tark etib, «PSJ»ga o'tishi mumkin.
Bu haqda Todofichajes sahifalarida xabar berilgan.
Parijliklar yaqin oylarda «rossoneri» bilan muzokara boshlashni rejalashtirmoqda. Ernandes 60 million evroga baholangan. Himoyachining milan klubi bilan 2026 yilning iyun oyi oxirigacha mehnat majburiyatlari bor.
Italiya chempionatining joriy mavsumida 26 yoshli futbolchi ettita uchrashuvda qatnashib, bitta gol urdi va beshta sariq kartochka oldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!