"Real" "Benfika" himoyachisi orqali tarkibini kuchaytirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 51
Madridning "Real" klubi Lissabonning "Benfika" klubi himoyachisi Antoniu Silvani sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda, deya xabar beradi Defence Central.
Manbaga ko'ra, "qirollik" klubi 19 yoshli futbolchi uchun 50 million evro to'lashga tayyor, biroq uning shartnomasida 100 million evro miqdoridagi badal puli bor.
Silvaning "Benfika" bilan shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali uni 45 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!