«Inter» himoyachisi faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 31
«Inter» safida to'p tepayotgan 25 yoshli italiyalik himoyachi Federiko Dimarko faoliyatini Angliya premer-ligasining top-klubida davom ettirishi mumkin.
Bu haqda Calciomercato jurnalistlari xabar berdi.
Futbolchining xizmatlariga «Manchester Yunayted» qiziqish bildirmoqda. «Qizil iblislar» bosh murabbiyi Erik ten Xag jamoada jarohatlar tufayli kadrlar etishmasligi sababli himoyani kuchaytirish niyatida.
Dimarkoning transferi qishki transfer oynasida yakunlanishi mumkin. Federikoning milanliklar bilan shartnomasi 2026 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan.
Himoyachining transfer qiymati 45 million evroga baholanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!