Saloh: «Dunyo etakchilari, begunoh insonlarning o'ldirilishiga qarshi birlashingiz!»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 40
Misrlik futbolchi Muhammad Saloh G'azo sektorida ro'y berayotgan voqealarga o'z munosabatini bildirdi.
"Bunday paytda gapirish hamisha ham oson emas. Haddan tashqari zo'ravonlik, haddan tashqari qalbni larzaga keltiradigan vahshiylik. So'nggi haftada zo'ravonlikning kengayishi — toqat qilib bo'lmas manzara. Qon to'kilishiga barham berish kerak. Axir oilalar parokanda bo'lib ketyapti.
Hozir bitta narsa aniq: G'azo sektoriga gumanitar yordamning etkazilishiga zudlik bilan ruxsat berish kerak. U erda odamlar achinarli ahvolda. Shifoxonaga berilgan raketa zarbasi esa — shunchaki dahshat. G'azo aholisi oziq-ovqat, suv va tibbiy mahsulotlarga muhtoj. Men dunyo etakchilaridan begunoh insonlarning o'ldirilishiga qarshi birlashishini so'rayman. Insoniylik tantana qilishi kerak", - dedi misrlik futbolchi.