Nagelsmann: «Biz kelajakda muvaffaqiyatlarga erishamiz»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 23
Germaniya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann terma jamoaning ambitsiyalari haqida gapirdi.
«Germaniya jamoasi taraqqiyotda davom etishi uchun o'yinning barcha kerakli qismlaridan foydalanishi kerak.
Ishonchim komilki, biz kelajakda muvaffaqiyatlarga erishamiz», - deb yozgan mutaxassis ijtimoiy tarmoqlarda.
Nagelsmann o'tgan oyning oxirida Xans-Diter Flik o'rniga Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini egalladi.
Oktyabr oyida Bundestim ikkita o'rtoqlik o'yini o'tkazdi - AQSh (3:1) va Meksika (2:2).
Eslatib o'tamiz, Germaniya kelasi yili Evropa chempionatiga mezbonlik qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!