«PSJ» futbolchisi La Ligaga yo'l olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 37
Huquqlari Frantsiyaning «PSJ» klubiga tegishli bo'lgan koreyalik yarim himoyachi Li Kan In Ispaniya chempionatiga o'tishi mumkin.
Bu haqda Fichajes jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, futbolchiga «Real Sosedad» klubi qiziqmoqda. Ispanlar koreyalik futbolchi yaqinda parijliklar bilan 2028 yilgacha uzoq muddatli mehnat shartnomasi tuzganiga qaramay uni sotib olmoqchi.
Ispaniya chempionatining joriy mavsumida «Real Sosedad» 9 ta o'yin o'tkazib, 15 ochko jamg'ardi. Jamoa turnir jadvalida oltinchi o'rinni egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!